Toshkentda sifatli UZI tekshiruvi — SBJ Medical Iymon. Ichki a'zolar, homiladorlik skriningi va doppler. Zamonaviy uskunalar, aniq tashxis va tajribali shifokorlar.
Ultratovush tekshiruvi (tibbiyotda UZD yoki UZI deb ataladi) — bu yuqori chastotali tovush to‘lqinlari yordamida ichki a’zolarni tasvirlash usulidir. Bu usul rentgen nurlaridan xoli bo‘lib, inson salomatligi uchun mutlaqo zararsizdir.
Ultratovush tekshiruvi (tibbiyotda UZD yoki UZI deb ataladi) — bu yuqori chastotali tovush to‘lqinlari yordamida ichki a’zolarni tasvirlash usulidir. Bu usul rentgen nurlaridan xoli bo‘lib, inson salomatligi uchun mutlaqo zararsizdir.
SBJ Medical Iymon klinikasida biz eng zamonaviy raqamli UZI apparatlaridan foydalanamiz. Bu shifokorga kasallikni erta bosqichda aniqlash va aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi.
UZI yordamida qaysi kasalliklar aniqlanadi?
UZI yordamida quyidagi a’zolar tekshiriladi va kasalliklar aniqlanadi:
- Qorin bo‘shlig‘i a’zolari: Jigar (yog‘ bosishi, gepatoz), o‘t pufagi (toshlar, dimlanish), oshqozonosti bezi.
- Buyrak va siydik yo‘llari: Tuzlar, toshlar (konkrementlar), kistalar va shamollashlar.
- Ayollar salomatligi (Ginekologiya): Bachadon miomasi, tuxumdon kistalari, yallig‘lanish jarayonlari.
- Homiladorlik skriningi: Homilaning rivojlanishi, yurak urishi va nuqsonlarni aniqlash (3D/4D formatda).
- Endokrin tizim: Qalqonsimon bez (Zob) tugunlari va o‘lchamlari.
- Yurak (Exokardiografiya): Yurak mushaklari va klapanlaridagi o‘zgarishlar.
- Sut bezlari: Mastopatiya va turli xil o‘smalar.
UZI tekshiruvida diagnostika va tayyorgarlik
To‘g‘ri tashxis uchun quyidagi tayyorgarlik talab etiladi:
- Qorin bo‘shlig‘i UZI: Tekshiruvdan 6–8 soat oldin ovqat yemaslik kerak (och qoringa). Gazli ichimliklar va sut mahsulotlari mumkin emas.
- Kichik tos a’zolari (siydik pufagi): Tekshiruvdan 1 soat oldin 1 litr suv ichib, siydik pufagini to‘ldirish lozim.
- Boshqa turlar: Maxsus tayyorgarlik shart emas.
Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)
UZI zararli emasmi?
Yo‘q, mutlaqo beziyon. Unda nurlanish yo‘q, shuning uchun homiladorlar va bolalar uchun ham xavfsiz.
UZI tekshiruvi Javobi qancha vaqtda chiqadi?
Tekshiruv tugashi bilan shifokor sizga rasmlar va yozma xulosani taqdim etadi. Jarayon 15–20 daqiqa vaqt oladi.
Nega aynan SBJ Medical Iymon?
- Tajribali shifokorlar: Tashxisni to‘g‘ri o‘qiy oladigan malakali sonograflar.
- Zamonaviy apparatura: Yuqori aniqlikdagi (High Definition) tasvir.
- Qulaylik: Navbatsiz kirish va shinam xonalar.
- Hamyonbop narxlar: Sifatli xizmat — hamyonbop narxda.
SBJ Medical Iymon, UZI Toshkent, Ultratovush tekshiruvi, UZD narxlari, homiladorlik UZI, ichki organlar UZI, doppler, yurak exo, buyrak UZI, UZIga tushish.