Qisqa ma’lumot
Ushbu kompleks ginekologik check-up paketi ayollar reproduktiv salomatligini baholash, gormonal o‘zgarishlarni aniqlash va bachadon hamda bachadon bo‘yni kasalliklarini erta bosqichda aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Shifokor ko‘rigi
- Akusher-ginekolog birlamchi konsultatsiyasi
- Akusher-ginekolog takroriy konsultatsiyasi
Laborator tahlillar
- Umumiy qon tahlili (leykotsitar formula va SOE bilan)
- Umumiy siydik tahlili (mikroskopiya bilan)
- TSH (qalqonsimon bez gormoni)
- Ferritin
- Vitamin D (25-OH)
- Yuqori onkogen xavfli HPV DNK testi (16, 18, 31, 33, 35, 39, 45, 51, 52, 56, 58, 59, 66, 68 genotiplari, miqdoriy)
- Suyuqlik asosidagi sitologiya (bachadon bo‘yni va servikal kanal surtmasi)
Instrumental tekshiruvlar
- Sut bezlari UZI
- Qalqonsimon bez UZI
- Kichik chanoq a’zolari UZI (transvaginal)
Paket maqsadi
- Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash
- HPV infeksiyasini aniqlash
- Gormonal muvozanatni baholash
- Reproduktiv tizim kasalliklarini aniqlash
- Sut bezlari va qalqonsimon bez holatini nazorat qilish
- Umumiy ayollar salomatligini kompleks baholash
Checkup bo'yicha to'liq ma'lumot olish uchun, qabulga yozilish bo'limidan quyidagi Checkupni tanlang va qabulga yoziling!