Abaziya

(yunoncha — inkor qoʻshimchasi, basis — qadam) — bemorning mutlaqo yura olmay, hatto tik tura olmay qolishi; uning oyoqlari falaj boʻlmasada, muvozanatni saqlay va umuman oʻzini eplay olmaydi. U oʻrnidan tik turishi va qadam qoʻyishi bilanoq oyoqlari ishlamay yiqilib tushishi mumkin. Kasallik bosh miya peshona qismining shikastlanishi va isteriyada kuzatiladi[1].

Book an Appointment

Fill out the application form, and our staff will contact you shortly.